Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanining maqsad va vazifasini izohlab bering.
Ma’lumotlar tuzilmasi (MT) (ing.: data structure) - bu tuzilmani tashkil qiluvchi elementlar (ma’lumotlar) va ular orasidagi bog’liqlikni ifodalovchi munosabatlar majmuasi hisoblanadi.
Maqsadi (ing.: purpose) - turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
Vazifasi (ing.: objective) – talabalarni turli xil ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o’quv jarayonlariga tadbiq etish usullari o’rgatishdan iboratdir.
“Ma’lumot” tushunchasiga ta’rif bering, ma’lumotlar qaysi xususiyatiga ko’ra turlarga ajratiladi?
Ma’lumot - bu biror bir ob’ekt, jarayon, hodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir.
Berilgan ma’lumot (belgi)lar qanday qiymat qabul qilishiga qarab ma’lumotlarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.
Ma’lumotlar turi (tuzilmasi) quyidagilarni belgilab beradi:
ushbu tuzilmaning xotirada joylashishi usuli va unga ajratilgan xotira hajmi;
berilgan ma’lumot turi uchun mumkin bo’lgan qiymatlar;
ushbu ma’lumotlar tuzilmasi ustida bajariladigan amallar (operatsiyalar).
Ma’umotlar tuzilmasi deganda nimani tushunasiz, uning hisoblash mashinasidagi o’rni va tuzilma interfeysi nima?
Ma’lumotlar tuzilmasi (MT) (ing.: data structure) - bu tuzilmani tashkil qiluvchi elementlar (ma’lumotlar) va ular orasidagi bog’liqlikni ifodalovchi munosabatlar majmuasi hisoblanadi.
Ma’lumotlar tuzilmasi – hisoblash mashinasida bir turdagi mantiqiy bog’langan ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash imkonini beruvchi dasturiy birlik sifatida qaraladi.
Ma’lumotlar tuzilmasining interfeysini tashkil etuvchi ma’lumotlarni qo’shish, o’zgartirish, qidirish va o’chirish uchun funksiyalar to’plami mavjud.