22. “Hesh” va “Heshlash” tushunchalarini izohlab bering.
"Xesh" so'zi ingliz tilidagi «hash» so’zidan olingan bo’lib, uning ma'nosi “shovqin” yoki “aralash” kabi ta'riflanadi. Aslida, bular atamaning haqiqiy ma'nosini to'liq ifodalaydi.
Odatda “xeshlash” – bu jarayon bo’lib, ingliz tilida - chopish, aralashtirish kabi ma’nolarni anglatadi.
Xeshlash - bu kirish ma’lumotlari massivini determenistik algoritm asosida chekli uzunlikdagi chiqish satriga aylantirishdir.
Boshqacha qilib aytganda, xeshlash - bu shunday jarayonki, unda kirish massividagi ma’lumotlar maxsus algoritm asosida bitlar ketma-ketligiga almashtiriladi.
23. Hesh jadval nima va undan qanday holatlarda foydalaniladi?
Xesh-jadval — bu assotsiativ massiv interfeysini amalga oshiradigan ma’lumotlar tuzilmasi, ya'ni har bir elementi juftliklar (kalit, qiymat)ni saqlovchi tuzilma bo’lib, unda uchta operatsiyani bajarish imkoni mavjud: yangi juftlikni qo'shish, qidirish va kalit yordamida juftlikni o’chrish.
24. Hesh funktsiyaning ta’rifi, undan foydalanish bo’yicha misollar.
Xesh funksiya – ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma’lumotini chiqishda belgilangan uzunlikdagi xesh qiymatga aylantirib beruvchi bir tomonlama funksiyalarga aytiladi. Xesh funksiyalar kriptografiya va zamonaviy axborot xavfsizligi sohasida ma’lumotlarni to’laligini tekshirishda foydalaniladi. Elektron to’lov tizimlari protokollarida ham istemolchi kartasi ma’lumotlarini bank-emitentga to’liq yetkazish uchun foydalaniladi.
Xesh funksiya- ixtiyoriy uzunlikdagi M-ma’lumotni fiksirlangan uzunlikga siqish yoki ikkilik sanoq sistemasi ifodalangan ma’lumotlarni fiksirlangan uzunlikdagi bitlar ko‘rinishidagi qandaydir konbinatsiyasi (svertkasi) deb ataluvchi funksiya.
Ta’rif. Xesh-funksiya deb, har qanday
quyidagicha siqishni (svertkani) hisoblash protsedurasi qo‘llaniladi: