38. Rekursiya va rekursiv triada nima? Мисоллар ёрдамида тушунтириб беринг.
Rekursiya – o’z-o’zi orqali aniqlanuvchi ob’ekt hisoblanadi. Matematikada rekursiya yordamida bir qancha cheksiz to’plamlarni aniqlash mumkin, masalan, natural sonlar to’plami.
Haqiqatan ham, natural sonlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
Rekursiv triada Masalalarni rekursiv usulda yechish uchun rekursiv triada deb ataluvchi quyidagi bosqichlar ishlab chiqiladi::
Parametrlarni aniqlash – masalaning shartlarini tavsiflash uchun va yechimni olishda qo’llaniladigan parametrlarni tanlash;
Rekursiya tayanchi (bazisi) – yechimni olish vaqtida funktsiyaning o’ziga murojaatni talab etmaydigan arzimas holatlarni aniqlash;
dekompozitsiya – umumiy masalani parametrlarni o’zgartirish orqali ancha sodda qism masalalarga ajratgan holda ifodalash.
39. Rekursiv ob’ektlarga misollar keltiring?
Bizni o’rab turgan dunyoda o’z-o’ziga o’xshash ob’ektlardan tashkil topgan buyumlarni uchratamiz. Ya’ni katta ob’ektining qismlari aynan ushbu ob’ektning o’zidan iborat bo’ladi. Bunday ob’ektlar reskursiv deyiladi
Masalan, daraxtning bargi aynan daraxtning shoxlanishiga o’xshash tasvirni taqdim etadi.
Tashqaridan qaragandan rekursiya yetarli darajada juda oddiy va maxsus bilimlarni talab chilmaydigandek ko’rinadi.
Rekursiv ob’ektlarga misol sifatida quyidagi grafik tasvirlarni olish mumkin. Bunda tasvirlar o’z-o’zini takrorlovchi, bitta ob’ekt sifatida qaraladi.