Agar protsedura yoki funktsiyaning o’zida o’ziga murojaat bo’lsa rekursiv deb ataladi.
Misol uchun, faktorialni hisoblash funktsiyasini quyidagicha yozish mumkin:
int Factorial (int n)
{
if (n<=0) return 1; //1 ni qaytarish
else
return n*Factorial(n-1); //rekursiv chaqirish
}
Agar n > 0 bo’lsa, Factorial funktsiyasi o’zini o’zi chaqiradi. Bu masalani yechish uchun rekursiv protsedurani (funktsiyani emas) qo’llash mumkin.
Bunda ssilka bilan berilgan parametr orqali (protsedurani e’lon qilishda uning nomi oldiga ssilka & belgisi qo’yilgan) qo’llaniladi. Protsedurani rekursiv chaqirishda bu qiymat o’zgaradi.
void Factorial (int n, int &fact)
{
if (n==0) fact=1; //rekursiya yakunlanadi
else {
Factorial(n-1, fact); //(n-1)! ni rekursiv hisoblash
fact*=n; //n!=n*(n-1)!
}
}
Funktsiyadan farqli ravishda protsedura ssilka orqali berilgan parametr yordamida bir nechta qiymatlarni qaytarish mumkin.
Yangi rekursiv chaqiruvni amalga oshirishda kompyuter quyidagilarni bajaradi:
ushbu bosqichdagi hisoblashlar holatini eslab qoladi.
stek (asosan xotira sohasi)da lokal o’zgaruvchilarning yangi to’plamini hosil qiladi (chunki, joriy chaqiruvda o’zgaruvchini yo’qotib qo’ymaslik kerak).
har bir chaqiruvda yangi xotira sarflanadi va protsedura chaqiruvi hamda protseduraga qaytish uchun vaqt yo’qotiladi.