Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanining maqsad va vazifasini izohlab bering


Ma’lumotlar tuzilmasi elementlarini saralash usullari?



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə11/32
tarix05.10.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#152400
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
MTA oraliq javoblai

27. Ma’lumotlar tuzilmasi elementlarini saralash usullari?

  • Saralash – bu tuzilma elementlarini qandaydir kriteriya asosida tartiblash.

  • Kriteriya sifatida odatda kalit deb ataluvchi sonli maydon qo’llaniladi.

  • Elementlarni kalit maydonlarining har bir keyingisi o’zidan oldingisidan kichik bo’lsa, bunday saralash kamayish tartibida saralash deyiladi.

  • Agarda har bir keyingi kalit maydoni o’zidan oldingisidan katta bo’lsa, o’sish tartibida saralash deyiladi.

  • Saralash algoritmi – bu elementlarni saralash uchun qo’llaniladigan algoritm hisoblanadi.

  • Saralash maqsadi ma’lumotlarni qayta ishlashda berilgan qiymat (kalit) bo’yicha elementni qidirib topishni yengillashtirishdan iborat

  • Saralashning barcha algoritmlari ikki guruhga bo’linadi:

    • - ichki saralash algoritmlari (massivda (ichki xotirada) saralash uchun qo’llaniladi);

    • - tashqi saralash algoritmlari (faylda (tashqi xotirada) saralash uchun qo’llaniladi).

  • Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta xajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar ko’p vaqt va katta hajmdagi xotira sarfini talab qiladi.

  • Ushbu sarfni kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma’lumot ko’rsatkichlari almashtirilib, elementlar o’z joyida qoladi.

  • Bu usul adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi.


28. Saralash usullariga misollar keltiring, massivda saralash usullarining asosiy g’oyalarini ayting?

  • Massivlar odatda tezkor xotirada tashkil etiladi. Bunda asosiy kriteriya sifatida saralash uchun sarflanadigan xotirani minimallashtirish hisobga olinadi. Elementlar o’rnini almashtirish ushbu tezkor xotiraning o’zida amalga oshirilishi kerak.

  • Massivda saralash usullarini uchta sinfga ajratish mumkin:

    • Qo’shish orqali saralash;

    • Tanlash orqali saralash;

    • Almashtirish orqali sarlash:

      • qat’iy (to’g’ridan-to’g’ri) usullar;

      • yaxshilangan usullar.

  • Saralash samaradorligini bir necha mezonlar bo’yicha baholash mumkin:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin