Shuning bilan birga yirik korxonalarda xodimlar bajaradigan
vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linishlari maqsadga
muvofiq:
1. Ishchilar.
2. Mavsumiy va vaqtincha ishchilar. Mavsumiy ishchilar —
bu ma’lum mavsumiy
ishlarga jalb qilingan, vaqtincha ishchilar
— ayrim ishlami qisqa vaqtda bajaruvchi ishchilardir.
3. Injener-texnik xodimlar — bosh va katta mutaxassislar —
agronom, vetvrach, iqtisodchi va boshqalar.
4. Xizmatchilar — xo‘jalik rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha
muovini,
hisob xodimlari, ombor mudiri, kotiba va boshqalar.
5. Kichik xizmat xodimlari — farrosh, qorovul va boshqalar.
Bundan tashqari xodimlar xo‘jalikda qaysi ishni bajarishiga
qarab:
— asosiy faoliyatda band bo‘lgan
xodimlar;
— asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan (uy-joy, kom-
munal-xo‘jalik, savdo, tibbiyot, maktabgacha ta ’lim va boshqa-
larda) xodimlarga bo‘linadi.
Xodimlar hisob va hisobot talablaridan
kelib chiqib ayrim
boshqa guruhlarga ham bo‘linishi mumkin.
Xo‘jaliklar yuqoridagi guruhlanishidan kelib chiqib xodimlar-
ning shaxsiy tarkibi hisobini yuritadi,
yuqori tashkilotlarga
xodimlar tarkibi holati bo‘yicha taqdim etiladigan hisobotlami
tuzadi.
Xodimlarning hisobi ulaming har biri bo‘yicha yuritiladigan
shaxsiy
kartochkasi, shaxsiy tarkib qaydnomasi, shaxsiy ish
(delo)larida olib boriladi va ular bo‘yicha bo‘ladigan o ‘zgarishlar
kiritib boriladi.
Dostları ilə paylaş: