D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Buxgalteriya hisobini isloh qilishning zarurligi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

1.2. Buxgalteriya hisobini isloh qilishning zarurligi.
Buxgalteriya hisobiga rahbarlik
M a’lumki, moliyaviy va boshqa hisob ma’lumotlari korxonalar 
faoliyatini boshqarishda tegishli qarorlar qabul qilishning asosiy 
manbayi b o iib hisoblanadi, u o ‘z navbatida korxonaning iqtisodiy 
va moliyaviy salohiyatini oshirishga, yuqori samara bilan faoliyat 
ko‘rsatishga, turli raqobatchilar maydonida yengib chiqib, yuqori 
foyda olish imkoniyatini yaratadi.
Moliyaviy hisobni isloh qilish respublikamizning mustaqil 
davlat sifatida jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi, turli xalqaro 
tashkilotlarga a ’zo b o iis h i, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni taq- 
qoslashda hisobning uslubiy tamoyillarini jahon hamjamiyatida 
qabul qilingan andozalar talablariga javob berishi bilan ham 
bogiiq.
Respublikamizda xo‘jalik yurituvchi subyektlaming hisob ishla- 
riga rahbarlik quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi:
1. Uslubiy rahbarlik — 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi va uning hududiy bolinm alari tomonidan (yo‘riqnoma, 
koi'satma va boshqalar asosida y o i-y o ‘riq berilishi bilan).
2. Joriy rahbarlik — 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika 
qo‘mitasi va uning hududiy boiinm alari tomonidan (kadrlar 
tayyorlash, hisob ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish 
va boshqalar bo‘yicha).
3. Boshqa yuqori tashkilotlar va xo‘jalik rahbariyati tomonidan 
(tegishli vazirliklar, boshqarma va idoralar).


1.3. 
Moliyaviy hisobni tashkil qilishning milliy siyosati.
Bo/or iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy hisobning tutgan o‘rai,
vazifalari va boshqa fanlar bilan o‘zaro bogliqligi.
Moliyaviy hisobning predmeti (obyektlari)
Moliyaviy hisob — bu rasmiy hisob turi bo‘lib, uni yuritish 
mulkchilikning va biznesni yuritishning shaklidan qat’i nazar, 
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy hisoblanadi. 
U qabul qilingan tartib-qoida, talablar va andozalar asosida tashkil 
etilmog‘i lozim. Moliyaviy hisobni tashkil etish respublikaning 
hisob sohasidagi milliy siyosati o‘z aksini topgan «Buxgalteriya 
hisobi to ‘g‘risida»gi Q onun va «Buxgalteriya hisobi milliy 
andozalari» talablari asosida amalga oshiriladi va ular uni bosh- 
qarish hamda tashkil etish tizimining asosi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya (shu jum ladan, 
moliyaviy hisob) hisobi ahamiyatining oshishi, birinchidan, 
buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini bosh- 
qarishning ajralmas boMagiga aylangan bo‘lsa, ikkinchidan, turli 
xil foydalanuvchilarni hisob m a’lumotlari bilan ta ’minlash mar- 
kaziy masalalaridan biriga aylanganligi, uchinchidan, zamonaviy 
buxgalter faqatgina hisob ishlarini yuritibgina qolmay, balki 
buxgalteriya maiumotlarini tahlil qilish, korxona iqtisodiy holatini 
tavsiflovchi turli xil ko‘rsatkichlarni hisoblash, xo‘jalik jarayonlariga 
baho berish, korxona istiqbolini belgilay olishi kerak. Bundan 
tashqari zamonaviy buxgalter auditorlik faoliyati bilan ham 
shug‘ullana olishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaviy hisob oldiga quyidagi 
vazifalar qo‘yilgan:
1. Mavjud va potensial sarmoyadorlar va kreditorlar uchun 
qulay hamda xolis axborotni taqdim etish.
2. Mavjud va potensial sarmoyadorlar, kreditorlar va boshqa 
foydalanuvchilarga kutiladigan daromadlar bilan bog‘liq qarorlar 
qabul qilishda yordam beradigan axborotlar taqdim etish.
3. Korxonaning xo‘jalik resurslari, majburiyatlari, mulk tarkibi 
va ularning shakllanish manbalari, shuningdek, ulardagi o‘zga- 
rishlar haqidagi axborotlami taqdim etish.
9


Moliyaviy hisob fani buxgalteriya hisobi nazariyasi, boshqaruv 
hisobi, audit, iqtisodiy tahlil nazariyasi, soliqlar va soliqqa tortish, 
moliya fanlari bilan uzviy aloqada.
Moliyaviy hisobning o ‘rganish obyektlari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi:
— korxonalaming mablag‘ va resurslari — mehnat vositalari, 
tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot, ustav 
va boshqa fondlar, kelgusi davr xarajatlari va toMovlari rezervi;
— korxona faoliyati jarayonlari — tovar-moddiy boyliklarini 
tayyorlash, ishlab chiqarish, tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar 
realizatsiyasi, kapital qo‘yilma va boshqa jarayonlar;
— hisoblashuv jarayonlari — byudjet, mol yetkazib beruvchi, 
pudratchilar, xaridor, xodimlar, banklar va boshqa tashkilot hamda 
shaxslar bilan hisoblashuvlar;
— korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari — foyda 
yoki zarar shaklida.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin