1.3.
Moliyaviy hisobni tashkil qilishning milliy siyosati.
Bo/or iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy hisobning tutgan o‘rai,
vazifalari va boshqa fanlar bilan o‘zaro bogliqligi.
Moliyaviy hisobning predmeti (obyektlari)
Moliyaviy hisob — bu rasmiy hisob turi bo‘lib, uni yuritish
mulkchilikning va biznesni yuritishning shaklidan qat’i nazar,
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy hisoblanadi.
U qabul qilingan tartib-qoida, talablar va andozalar asosida tashkil
etilmog‘i lozim. Moliyaviy hisobni tashkil etish respublikaning
hisob sohasidagi milliy siyosati o‘z aksini topgan «Buxgalteriya
hisobi to ‘g‘risida»gi Q onun va «Buxgalteriya
hisobi milliy
andozalari» talablari asosida amalga oshiriladi va ular uni bosh-
qarish hamda tashkil etish tizimining asosi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya (shu jum ladan,
moliyaviy hisob) hisobi ahamiyatining oshishi, birinchidan,
buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini bosh-
qarishning ajralmas boMagiga aylangan bo‘lsa, ikkinchidan,
turli
xil foydalanuvchilarni hisob m a’lumotlari bilan ta ’minlash mar-
kaziy masalalaridan biriga aylanganligi, uchinchidan, zamonaviy
buxgalter faqatgina hisob ishlarini yuritibgina qolmay, balki
buxgalteriya maiumotlarini tahlil qilish,
korxona iqtisodiy holatini
tavsiflovchi turli xil ko‘rsatkichlarni hisoblash, xo‘jalik jarayonlariga
baho berish, korxona istiqbolini belgilay olishi kerak. Bundan
tashqari zamonaviy buxgalter auditorlik faoliyati bilan ham
shug‘ullana olishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaviy hisob oldiga quyidagi
vazifalar qo‘yilgan:
1. Mavjud va potensial sarmoyadorlar va kreditorlar uchun
qulay hamda xolis axborotni taqdim etish.
2. Mavjud va potensial sarmoyadorlar, kreditorlar va boshqa
foydalanuvchilarga kutiladigan daromadlar bilan bog‘liq
qarorlar
qabul qilishda yordam beradigan axborotlar taqdim etish.
3. Korxonaning xo‘jalik resurslari, majburiyatlari, mulk tarkibi
va ularning shakllanish manbalari, shuningdek, ulardagi o‘zga-
rishlar haqidagi axborotlami taqdim etish.
9
Moliyaviy hisob fani buxgalteriya hisobi nazariyasi,
boshqaruv
hisobi, audit, iqtisodiy tahlil nazariyasi, soliqlar va soliqqa tortish,
moliya fanlari bilan uzviy aloqada.
Moliyaviy hisobning o ‘rganish obyektlari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
— korxonalaming mablag‘ va resurslari — mehnat vositalari,
tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot,
ustav
va boshqa fondlar, kelgusi davr xarajatlari va toMovlari rezervi;
— korxona faoliyati jarayonlari — tovar-moddiy boyliklarini
tayyorlash, ishlab chiqarish, tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar
realizatsiyasi, kapital qo‘yilma va boshqa jarayonlar;
— hisoblashuv jarayonlari — byudjet, mol yetkazib beruvchi,
pudratchilar, xaridor, xodimlar, banklar va boshqa tashkilot hamda
shaxslar
bilan hisoblashuvlar;
— korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari — foyda
yoki zarar shaklida.
Dostları ilə paylaş: