lanish va tannarxning shakllanishini boshqarish, xarajatlar sarfini
nazorat qilish va boshqalami o ‘z ichiga oladi.
Moliyaviy hisob shunday m a’lumotlarni o ‘zida mujassam
ctadiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik
qilish, balki tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlardan
foydalanishga imkon beradi.
Uning m a’lumotlari korxonaning
aktivlari va passivlarini
hisobotlar shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va
moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.
Soliq hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar
hamda yig‘imlarni o‘z vaqtida va to ‘g‘ri hisobga olish,
soliq
imtiyozlarini qo‘llash hamda ularning o ‘z vaqtida byudjetga
o"tkazilib borilishini ta ’minlab beruvchi hisobdir.
Hozirgi vaqtda soliq hisobi moliyaviy hisobning tarkibiy qismi
sifatida o‘rganilmoqda.
Bunda, eng avvalo, soliq hisobining ma’lumotlari moliyaviy
hisob va hisobotlarda aks ettirilayotganligi hisoblanadi. Kelajakda
soliq hisobi moliyaviy hisobdan ajralgan
holda olib borilishi
mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining taraq-
qiyoti, undan foydalanish darajasining kengayishi buxgalteriya
hisobiga oid asoslaming (konsepsiya) saqlanib qolinishini taqozo
etadi.
Konsepsiya turli xil tarmoqqa tegishli xo‘jaliklar, turli faoliyat
ko‘rinishlari, tashkiliy-huquqiy shaklda buxgalteriya hisobini olib
boruvchi va tashkil etuvchi asoslami xarakterlaydi.
Konsepsiyalar birgalikda olingan
holatda ham buxgalteriya
hisobining maqsadlariga qarshi boMmasligi kerak.
Moliyaviy hisob va hisobot konsepsiyasi xalqaro hamda milliy
standartlarga, muayyan qoidalarga asoslanadi.
Ma’lumki, buxgalteriya hisobi xo‘jaliklarda sodir bo‘ladigan
xo‘jalik jarayoni va muomalalarini pul ifodasida, yoppasiga, uzluk-
siz, o'zaro bog‘langan holda, dastlabki hujjatlarda aks ettirishni
ta ’minlaydigan hisob deb hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining yuqoridagi xususiyatlaridan kelib
chiqib uning tashkil etilishiga bo‘lgan zaruriyat yanada ortadi.
Respublikamizda «Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi
Qonun-
ning 11-moddasiga binoan buxgalteriya hisobi va hisobotini
tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga
oshiradi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda unga tegishli mavjud
m e ’y o r iy
hujjatlar, xalqaro standartlar, xo‘jaliklaming hajmi va
ixtisoslashuvi kabi holatlar hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: