D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Banklarda valyuta hisobvaraqlarini ochish



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

2.5. Banklarda valyuta hisobvaraqlarini ochish
va ulardan foydalanish tartibi.
Ular bo‘yicha muomalalarning hisobi
Amaldagi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar har qanday 
korxonaga chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga ega boiish va 
u bilan xo'jalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etilgan.
Ushbu muomalalami amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Iqtisodiyot vazirligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi, O ‘z’oekiston Respublikasi Markaziy banki va 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2004- 
yil 2-sentabrda tasdiqlanib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligidan 2004-yil 17-sentabrda ro‘yxatga olingan «Chet el 
valyutasidagi operatsiyalarining buxgalteriya hisobi, statistika va 
boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to ‘g‘risida»gi Nizomga 
asosan tartibga solinadi.
Chet el valyutasidagi operatsiyalarni rasmiylashtirish uchun 
xo‘jaliklar bankda valyuta hisobvarag‘ini ochishi lozim. Buning 
uchun xo‘jaliklarga xizmat qiluvchi bank 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Markaziy bankidan valyuta operatsiyalarini amalga 
oshirish uchun maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lishi 
shart.
Valyuta hisobvarag‘ini banklarda ochish uchun xo‘jalik bundan 
oldingi (4) mavzuda hisob-kitob hisobvarag‘ini ochish uchun 
taqdim etiladigan hujjatlardan tashqari korxonaning boshqa 
hisobvaraqlaridagi qoldiqlari haqida m a’lumot, Markaziy bank 
belgilagan shakllami taqdim etishi lozim.
Xorijiy valyuta mablagiari, qiymatliklari va muomalalari ular 
sodir b o ‘lgan sanaga M arkaziy bank kursi b o ‘yicha so ‘m 
ekvivalentida aks ettiriladi.
Korxona valyuta hisobvarag‘ini 0 ‘zbekiston Respublikasi 
hududidagi istalgan vakolatli banklarda ochish mumkin. Korxo­
naning chet eldagi xorijiy bankda hisobvaraq ochishi va u bo‘yicha 
muomalalarni amalga oshirishi uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining ruxsati talab etiladi.
25


Mamlakat hududi va uning tashqarisida joylashgan banklardagi 
valyuta hisobvaraqlaridagi pul mablagiarining hisobi quyidagi 
hisobvaraqlarda olib boriladi:
5210 — mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari;
5220 — chet eldagi valyuta hisobvaraqlari.
Ushbu hisobvaraqlar aktiv hisobvaraq bo‘lib, ulaming qoldig‘i 
va kirimi hisobvaraqning debet tomonida, chiqimi kredit tomonida 
aks etadi.
Valyuta hisobvaraqlarining boshqa hisobvaraqlar bilan o ‘zaro 
bog‘lanishining asosiylari quyidagilar:
1. M ahsulot (ish-xizm at)larni chetga sotishdan valyuta 
mablag‘lari kelib tushganda — DT 5210, 5220 KT 4010.
2. Kassadagi valyuta m ablag‘laridan chet eldagi valyuta 
hisobvarag‘iga o‘tkazilganda — DT 5220 KT 5020.
3. Valyuta hisobida ijaraga berilgan asosiy vositalar uchun 
ijara to‘lovi kelib tushganda - DT 5210, 5220 KT 4810, 4820.
4. Chet elning 
qisqa va uzoq m uddatli investitsiyalari 
qo‘yilganda - DT 0600, 5800 KT 5210, 5220.
5. Joriy davr oxirida ta ’sischilarga hisoblangan dividentlar 
to ‘langanda - DT 6610 KT 5210, 5220.
6. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga asosiy aktivlami 
sotib olish uchun pul o ‘tkazilganda - DT 6010 KT 5210-5220.
7. Bankdan kassaga valyuta mablagiari kelib tushganda — 
DT 5020 KT 5210, 5220.
8. Chet el valyutalarini sotib olish kelishuviga muvofiq
Markaziy bank belgilangan kursdan yuqori kurslarda amalga 
oshirilganda:
a) shu kunning kursi bo‘yicha chet el valyutalarini sotib olish 
uchun mablag‘lar o‘tkazilganda — DT 5530 KT 5110.
b) 
M arkaziy bank belgilagan kurs bo‘yicha ekvivalent 
qiymatlariga muvofiq chet el valyutalari sotib olinganda — DT 
5210 KT 5530.
d) Markaziy bank belgilagan kurs bo‘yicha chet el valyuta- 
larining ekvivalent qiymatlari bo‘yicha kelishuviga muvofiq sotib 
olish kunidagi kurs o ‘rtasidagi farq summalari zararga olib 
borilganda - DT 9620 KT 5530.
26


9. 
Bankning uzoq va qisqa muddatli qarzlarining uzulishi — 
DT 7810, 6810 KT 5210 va boshqalar.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin