ВНМА-1 — hisob siyosati va moliyaviy hisobot talablaridan
kelib chiqib har bir korxona mustaqil ravishda o‘zining buxgal
teriya hisobi tizimini, ya’ni siyosatini ishlab chiqishi va e'lon
qilishi lozim.
Ushbu andozaning 3-bandiga ko‘ra, hisob siyosati deganda,
xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari buxgalteriya hisobini
yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul qiladigan
usullaming yig‘masi tushuniladi. Moliyaviy hisobot shu usullarga
muvofiq va ulaming qoidalari hamda asoslariga muvofiq ravishda
tuziladi, deyilgan. Shunday usullarga hujjat aylanishi, hisob
registrlari tizimi, axborotlami ishlash, mahsulot va moddiy qiy-
matlarni baholash, hisobot tuzish, buxgalteriya hisobini, shu
jumladan, moliyaviy hisobni yuritish usullari kiradi.
Boshqacha aytganda, korxonaning hisob siyosati — bu korxona
tomonidan umum qabul qilingan qoidalar va o‘z faoliyatiga xos
xususiyatlardan kelib chiqib e’lon qilinadigan buxgalteriya hisobini
olib borishning muayyan uslublari va shakllarining majmuasidir.
Yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi Qonunning
12-moddasida korxonaning hisob siyosati ichki nazorat bilan
bog‘lab berilgan bo'lib, unga ko'ra ichki nazorat buxgalteriya
hisobini yuritishda, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda
xo‘jalik opcratsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligi, iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlaming bud saqlanishini
ta’minlash, talon-taroj qilish hollari va xatoliklarning oldini olish
hamda aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobi subyektining
rahbari tomonidan qabul qilingan hisob siyosati asosida tashkil
etilgan chora-tadbirlar tizimidir.
Korxonaning hisob siyosati rasmiy hujjat hisoblanib, u bosh
buxgalter tomonidan ishlab chiqiladi hamda rahbaming buyrug‘i
yoki farmoyishi bilan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: