141 -modda. Shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish Shaxs tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto- va (yoki) videotasvirini
o‘z ichiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida,
telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish yoxud
bunday axborotni tarqatish bilan qo‘rqitish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan
bo‘lsa, —
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan
uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(141 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) 142-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy
bostirib kirish —
Oldingi tahrirga qarang. uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(142-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasining uchinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 18-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlari . 2 3 3