Umumiy qoidalar


-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa
xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish
Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir
saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan
keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(143-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasining 
beshinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasining 
Ma’muriy 
javobgarlik 
to‘g‘risidagi 
kodeksining 
46-moddasi

O‘zbekiston
Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonunining
 10-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni
buzish
(144-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga
xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud
elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi
qonunchilikka zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari
tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik
yoki murojaat munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti
to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz
oshkor etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi
qonunchilikni boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga,
erkinliklariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat
manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(144-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(144-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va
yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud
bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid
qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta’qib etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(144-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)


(144-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli 
Qonuni 
tahririda
— O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
40-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin