Umumiy qoidalar


 -modda. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

229 -modda. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer
uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi
shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda
o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u o‘zboshimchalik bilan
egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik
muddatda ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa,
ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(229 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 
60-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 90-moddasi
ikkinchi qismining 
uchinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar
to‘g‘risida”gi qarori 18-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin