Umumiy qoidalar


 -modda. Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

229 -modda. Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish
Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining
ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan
saboq berish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan
bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(229 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 
241-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasining 
to‘rtinchi — oltinchi qismlari
.
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son 
Qonuniga 
asosan 229 -modda
bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
1
1
2
2
2


Oldingi
 tahrirga qarang.
229 -modda. Belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni
yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan
zonalarda ushbu ishlarni bajarish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan
keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
(229 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(229 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
(229 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 99-moddasining
yettinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining
qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu
jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan
hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari
hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma
olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
(229 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin