22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
234-modda. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish Oldingi tahrirga qarang. Bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, ya’ni tergovga qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan
qonuniy asosga ega bo‘lmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi —
(234-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(234-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 27-bobi (“Ushlab turish”). Bila turib, qonunga xilof ravishda hibsga olish yoki hibsda saqlash —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(234-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221 , 222 , 242-moddalari va O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni . Oldingi tahrirga qarang.