22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
236-modda. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, ya’ni ishni har tomonlama, to‘la va
xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga yoxud
adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli
shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish —
Oldingi tahrirga qarang. uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(236-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) O‘sha harakat mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(236-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 14-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 9-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 8-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 9- moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 5- moddasining beshinchi qismi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qo‘shma 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 3-bandining birinchi xatboshisi . Oldingi tahrirga qarang.