Umumiy qoidalar


-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni
kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash


Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi
muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga,
jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki
boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi
olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-
bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki
boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida
yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash,
qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan
qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish,

muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlikni qo‘llagan holda yoxud shunday zo‘rlikni
qo‘llash tahdidi bilan;
b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) takroran;
d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud
homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
j) hayotga va sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ashyolar qo‘llanilib;
z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
birinchi 
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar badanga og‘ir
shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(235-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-470-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 17-moddasining 
ikkinchi qismi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin