Umumiy qoidalar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

OLTINChI BO‘LIM
JAMOAT XAVFSIZLIGI VA JAMOAT TARTIBIGA QARShI JINOYATLAR
XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
242-modda. Jinoiy uyushma tashkil etish
Jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki
unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga
qaratilgan faoliyat —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(242-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Uyushgan qurolli guruh tuzish, shuningdek unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1


o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(242-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 28-moddasining 
beshinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk (pul mablag‘lari yoki
boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish
yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek
bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini,
tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy
egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining 
uchinchi xatboshisi
 va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid
ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(243-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin