Umumiy qoidalar


 -modda. Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

251 -modda. Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda
muomalaga kiritish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan
kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda
tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga
xilof ravishda o‘tkazish yoxud ularni o‘tkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun
asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(251 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
O‘sha harakatlar takroran yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir
etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(251 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi
O‘RQ-711-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-
son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh
tomonidan yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(251 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi
O‘RQ-711-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-
son)
Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish,
berish, tashish yoxud jo‘natish qoidalarni buzish, agar bu ehtiyotsizlik orqasida ularning
o‘g‘irlanishiga yoki boshqa tarzda jiddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1
1
1
1


(251 -modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son
qarori bilan tasdiqlangan Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va
mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va
realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida 
nizom
.
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son 
Qonuniga 
asosan 251 -
modda bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 408-
modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin