22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
252-modda. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash Oldingi tahrirga qarang. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash, shu jumladan talonchilik, o‘g‘rilik,
o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan yoxud aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan
egallash, xuddi shuningdek radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash uchun
moliyalashtirish, bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berish yoxud
yig‘ish, boshqa xizmatlar ko‘rsatish —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(252-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) tamagirlik yo‘li bilan;
g) bosqinchilik yo‘li bilan;
d) ushbu Kodeksning
155
va
161-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirish
maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(252-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni .