Umumiy qoidalar


-modda. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

255-modda. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Yadro energiyasi bilan bog‘liq obyektlardan foydalanish qoidalarini buzish badanga
o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:


a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
255 -modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab
chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda
egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik
(biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish,
to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa
harakatlarni sodir etish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son 
Qonuniga 
asosan 255 -
modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab
chiqarish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish tugatish to‘g‘risidagi 
Konvensiya

(Mazkur Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 185-I-sonli
“Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqarish, tayyorlash va to‘plashni man etish
hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi 
qarori 
bilan tasdiqlangan).
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin