Umumiy qoidalar


 -modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

257 -modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash
qoidalarini buzish
(257 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu
jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi
hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va
davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni
belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda
muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi
yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi
yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki
zaharlanishiga olib kelsa, —
(257 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(257 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)
 LexUZ sharhi
1
1
1
1


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
23-martdagi 176-son “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 
qarori
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin