Umumiy qoidalar


-modda. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

256-modda. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish
Ilmiy tadqiqot yoki sinov tajriba faoliyatini amalga oshirish vaqtida xavfsizlik qoidalarini
buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(256-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi uchun mas’ul shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(256-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(256-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
257-modda. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish
Texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa
qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi o‘rtacha
2
2


og‘ir yoki og‘ir tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(257-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(257-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
20-bobi
(“Mehnatni muhofaza qilish”), O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin