Valyuta qimmatliklari —chet el valyutasi; chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — fond
boyliklari (aksiya, obligatsiya va boshqalar); chet el valyutasi bilan
to‘lanadigan to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar);
har qanday ko‘rinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin,
kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy,
radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va
boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno;
xomashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar —
olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar,
shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va
boshqa ro‘zg‘or buyumlari bundan mustasnodir.
Giyohvandlik vositalari —giyohvandlik
vositalari
ro‘yxatlariga
kiritilgan
va
O‘zbekiston
Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy
moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan preparatlar
va o‘simliklar
Giyohvandlik_vositalarining_analoglari'>Giyohvandlik vositalarining analoglari — kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalariga o‘xshash bo‘lgan, ular singari ruhiyatga faol ta’sir
etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishdagi ko‘p miqdor —
tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi
.
Giyohvandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan ko‘proq miqdor —tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi.