Ancha miqdor —bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
bo‘lgan miqdor.
Ancha miqdordagi zarar —bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
bo‘lgan miqdordagi zarar.
Boshqa huquqiy ta’sir chorasi — jazo hisoblanmaydigan, lekin ushbu Kodeksda nazarda tutilgan chora (voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan
qo‘llaniladigan majburlov choralari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari).
Valyuta operatsiyalari —valyuta qimmatliklariga mulk huquqining birovga o‘tishi bilan bog‘liq
operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirishda chet el valyutasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
pul birligidan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq
operatsiyalar; valyuta qimmatliklarini chet eldan O‘zbekiston
Respublikasiga keltirish va jo‘natish, shuningdek ularni O‘zbekiston
Respublikasidan chetga olib chiqish va jo‘natish; xalqaro miqyosda pul
o‘tkazish operatsiyalari.
Oldingi tahrirga qarang. (sakkizinchi bo‘limning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son) Oldingi tahrirga qarang. (sakkizinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son) Oldingi tahrirga qarang. (sakkizinchi bo‘limning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825- son) Oldingi tahrirga qarang. (sakkizinchi bo‘limning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son) Oldingi tahrirga qarang. (sakkizinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan atama bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)