Umumiy qoidalar


-modda. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

296-modda. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish
Qurol, o‘q-dori, harakat qilish vositalari, harbiy texnika yoki boshqa harbiy mulkni qasddan
nobud qilish yoki unga shikast yetkazish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(296-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)


O‘sha qilmish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.4-bandining 
5.4.2

5.4.3-kichik bandlari
.
297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek
modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish
Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek, o‘q-dori,
portlovchi, radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini
buzish badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga;
b) og‘ir shikast yetkazilishiga;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(297-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(297-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
 5.1-bandi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin