22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
XXIII bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar 295-modda. Harbiy mulkni behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish Oldingi tahrirga qarang. Harbiy mulkni behuda sarflash, ya’ni muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining
shaxsan o‘zi foydalanishi uchun berilgan harbiy aslaha-anjomlarni sotishi, foydalanish uchun
birovga berishi yoki garovga qo‘yishi —
(295-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda) Oldingi tahrirga qarang. bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(295-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, o‘q-dori, harakat qilish vositalari,
texnika ta’minoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yo‘qotish yoki ishdan
chiqarish, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan qilmishlar jangovar
vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.4-bandining 5.4.1-kichik bandi , 5.4-bandi 5.4.2-kichik bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilari .