Umumiy qoidalar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

286-modda. Marodyorlik
Marodyorlik, ya’ni halok bo‘lganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini jangovar vaziyatda
egallash —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
XXII bob. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar
287-modda. Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining harbiy qism yoki xizmat joyini
o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat
berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga o‘tkazilganda, xizmat
safaridan, otpuskadan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq,
lekin o‘n kecha-kunduzdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyida hozir bo‘lmasligi,
shunday qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
(287-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi
O‘RQ-238-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(287-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxs yoki harbiy
xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini
o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan o‘n
kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib
kelmasligi —
(287-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi
O‘RQ-238-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)


ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, xizmatga
belgilangan muddatdan uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu
moddaning 
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa,
muddatidan qat’i nazar, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
2.1

2.2-bandlari
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin