Umumiy qoidalar


-modda. Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

281-modda. Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur
qilish
Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan
boshqa shaxsga qarshilik ko‘rsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
3.7-bandi
.
282-modda. Boshliqni qo‘rqitish
Jangovar vaziyatda boshliqni o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bunday harakat
amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
3.7-bandi
.
283-modda. Badanga shikast yetkazish
Boshliqni do‘pposlash, uning badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish u harbiy
xizmat yuzasidan o‘z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir
etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Badanga og‘ir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda
tutilgan harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar jangovar
vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
3.7-bandi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin