Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
3.7-bandi
.
283-modda. Badanga shikast yetkazish
Boshliqni do‘pposlash, uning badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish u harbiy
xizmat yuzasidan o‘z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir
etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Badanga og‘ir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda
tutilgan harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar jangovar
vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
3.7-bandi
.
Dostları ilə paylaş: