Umumiy qoidalar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

288-modda. Dezertirlik
Dezertirlik, ya’ni harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki
xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga
yetib kelmaslik —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘sha qilmish ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma)
bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
(288-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-
dekabrdagi O‘RQ-238-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
2.1

2.3-bandlari
.
289-modda. Halok bo‘layotgan harbiy kemani tashlab ketish
Halok bo‘layotgan harbiy kemani o‘z xizmat vazifalarini oxirigacha bajarmagan komandir
tomonidan, shuningdek, komandirning tegishli farmoyishi bo‘lmasdan kema komandasi
tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
290-modda. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usulda harbiy
xizmatdan bo‘yin tovlash
O‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni harbiy xizmatchining o‘z badaniga biron shikast
yetkazish yo‘li bilan, shuningdek, o‘zini yolg‘ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish
yoki boshqacha aldash yo‘li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoki bu
vazifalarni bajarishdan bosh tortishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(290-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
 2.1

2.4 — 2.8-bandlari
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin