Umumiy qoidalar


-modda. Bo‘ysunuvchining o‘z boshlig‘ini yoki boshliqning o‘ziga bo‘ysunuvchini



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

284-modda. Bo‘ysunuvchining o‘z boshlig‘ini yoki boshliqning o‘ziga bo‘ysunuvchini
haqorat qilishi
Bo‘ysunuvchining o‘z boshlig‘ini, shuningdek, boshliqning o‘ziga bo‘ysunuvchini haqorat
qilishi shunday harakatlar uchun intizomiy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(284-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
3.7-bandi
.
285-modda. Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish
Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav
qoidalarini buzish, ya’ni muntazam xo‘rlash, azob berish, sog‘liqning buzilishiga sabab bo‘lgan
badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda
ozodlikdan mahrum qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


(285-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘sha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa;
v) badanga og‘ir shikast yetkazilishga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) odamlarning o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
3.1 — 3.6-bandlari
.
(285-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son
Qonuniga 
asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis
Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin