Umumiy qoidalar


-modda. Kemani boshqarish qoidalarini buzish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

300-modda. Kemani boshqarish qoidalarini buzish
Kemani boshqarish qoidalarini buzish kemaning halokatga uchrashiga yoki unga jiddiy
shikast yetkazilishiga, odamlar halok bo‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
XXIV bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari
301-modda. Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish
yoki hokimiyat harakatsizligi
Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning o‘z hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiiste’mol
qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat
harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning
huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(301-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha qilmishlar badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazib, sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi
681-I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
O‘sha qilmishlar:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(301-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi
681-I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


(301-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi
681-I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
4.2 — 4.5-bandlari
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin