O‘sha qilmish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.4-bandining
5.4.2
,
5.4.3-kichik bandlari
.
297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek
modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish
Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek, o‘q-dori,
portlovchi, radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish
qoidalarini
buzish badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga;
b) og‘ir shikast yetkazilishiga;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(297-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(297-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
5.1-bandi
.
Dostları ilə paylaş: