Umumiy qoidalar


-modda. Qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

291-modda. Qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish
Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan
zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday
oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud
bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(291-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha qilmish:
a) badanga og‘ir shikast yetkazilishiga;
b) odam o‘lishiga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
2.9
,
 3.5-bandlari
.
292-modda. Ichki xizmatni o‘tash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish
Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli
oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish
uchun tayinlangan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(292-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
2.9

3.5-bandlari
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin