Umumiy qoidalar


 -modda. Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

125 -modda. Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(125 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday
qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(125 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47 -moddasining
birinchi qismi
.
Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan
shaxsni erga berish yoxud uylantirish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan
keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(125 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47 -moddasining
ikkinchi qismi
.
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish,
shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
1
1
1
3
1
3


Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(125 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47 -moddasining
uchinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
15 
va 
51-moddalari
.
(125 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin