Umumiy qoidalar


-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

132-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga
shikast yetkazish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish
yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
(132-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 269-II-son “Madaniy meros
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining 
to‘rtinchi —
oltinchi xatboshilari
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son
qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi moddiy madaniy meros obyektlari
davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 
19

20-bandlari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(132-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi O‘RQ-754-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(132-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi O‘RQ-754-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-
son)
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(132-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin