Umumiy qoidalar


-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

128-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy
usulda qondirish, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda
manfaatdor etish orqali sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 
118

119

121
va (yoki)
129-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) yaqin qarindoshiga yoki bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan;
v) jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini
bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun
bilan zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi
tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1
1
1


(128-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
128 -modda. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy
qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy
aloqa qilish
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki
mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni
g‘ayritabiiy usulda qondirish, —
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan
to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(128 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin