Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Muskullar spazmasi (tortishishi)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Muskullar spazmasi (tortishishi) 
Muskullar spazmasini shikastlanishga yo‘yib bo‘lmasa-da, u og‘ir jismoniy 
ishni bajarishda yoki oyoq - qo‘l uzoq vaqt davomida bir xil holatda turganida 
yuzaga keladigan og‘riq turidir. Odatda, shu joyni cho‘zish (uzatish) hamda uqalab 
yuborish, dam olish, shuningdek holatni o‘zgartirish og‘riq bartaraf etilishi uchun 
yetarli hisoblanadi. Qizib ketish natijasida muskulga yuk ko‘p tushishi tufayli sodir 
bo‘ladigan tortishish muskul spazmasini eslatishi mumkin, lekin u issiqda jismoniy 
mashqlarni bajarish jarayonida muskullar suyuqlik yo‘qotishi natijasida ham sodir 
bo‘lishi mumkin. 
Tayanch-harakat apparati shikastlanishining belgilari quyidagilardan iborat:
• og‘riq, 
• shish, 
• odatdagi harakatlarni bajara olmaslik, 
• teri rangining o‘zgarishi, 
• deformatsiya (shakl o‘zgarishi), 
• tashqi qon ketishi, 
• shikast yetgan paytda suyaklarda qisirlagan yoki shaqillagan tovushning 
eshitilishi. 
Ozmi-ko‘pmi jiddiy shikastlanishda og‘riq, shish bo‘ladi va o‘sha joyga 
tekkanga og‘riydi. 
Deformatsiyada shish, g‘ayrioddiy g‘adir-budurlik, bo‘rtiq, chuqurcha paydo 
bo‘ladi, tananing ma'lum qismi g‘ayriodatiy burchak ostida ko‘rinadi. Tananing 
shikastlangan va sog‘ qismlarini solishtirib deformatsiyani oson aniqlab olish 
mumkin. 
Jabrlanuvchining o‘zi tanasining qaysi qismi qimirlamasligini yoki qanaqa 
harakat og‘riq paydo qilayotganini aytishi mumkin.
Immobilizatsiya
– jarohatlangan a'zoni harakatsizlantirishdir. 
Tayanch-harakat apparati shikastlanganda ba'zan qon ketadi, og‘riq qattiq 
bo‘ladi yoki suyak tashqariga chiqib qoladi. Bunday shikastlanish jabrlanuvchining 
hayotiga kamdan-kam hollarda xavf tug‘diradi. Lekin bosh, bo‘yin yoki orqa 
shikastlangan bo‘lsa, shikastlanish natijasida yurish yoki nafas olish qiyinlashsa
ko‘p joy shikastlangan bo‘lsa, albatta tez yordam chaqirish kerak bo‘ladi. 
Tez yordam yetib kelguncha jabrlanuvchi tanasining shikastlangan qismini 
qo‘l bilan tutib turib, boshqa buyumlar, masalan, yostiq, adyol, kiyim bilan 
qimirlamaydigan qilib qo‘yiladi. 
Tez yordam darhol kelmasa yoki jabrlanuvchini shaxsiy transportda mustaqil 
olib ketmoqchi bo‘linsa tananing jarohatlangan qismining qimirlamasligini 
ta'minlash zarur bo‘ladi. 
Tananing shikastlangan qismini harakatsizlantirib (ko‘zg‘almaydigan qilib) 
qo‘yish natijasida og‘riqni kamaytirishga, qo‘shimcha shikastlanishning oldini 
olishga, qon ketishi xavfini kamaytirishga, tananing jarohatlangan qismida qon 
aylanishi buzilishi ehtimolini kamaytirishga, yopiq siniqning ochiq siniqqa aylanib 
ketishining oldini olishga erishiladi. 


168 
Shikastlangan joyni taxtakachlash, qattiq tutib turuvchi bog‘lam qo‘yish 
yoki bint bilan o‘rash orqali qimirlamaydigan qilib qo‘yiladi. Buning uchun 
shinadan foydalaniladi. Shina uch xil: yumshoq, qattiq va anatomik bo‘ladi. 
Yumshoq
shina sifatida taxlangan adyol, sochiq, yostiq, qimirlatmaydigan 
bog‘lam yoki bintdan foydalaniladi. Qattiq shinaga taxtacha, metall tilimi, karton, 
buklangan jurnal va hokazolar kiradi. Anatomik shinada jabrlanuvchining o‘z 
tanasidan foydalaniladi. Masalan, qo‘l - jabrlanuvchining ko‘kragiga bint bilan 
tortib qo‘yilishi, oyog‘i – sog‘ oyog‘iga bog‘lab qo‘yilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin