Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

ChIQISh 
Chiqish - suyakning bo‘g‘imdagi o‘z normal holatiga nisbatan siljishidir. 
Chiqish, odatda, katta kuch ta'siri ostida ro‘y beradi. 
Suyak boshchasi o‘zining normal holatidan tashqari chiqsa, boylamlar 
cho‘ziladi yoki uziladi. Chiqishga sabab bo‘lgan kuch ta'sirida suyak sinishi hamda 
yaqin atrofdagi nervlar va qon tomirlari zararlanishi mumkin. Chiqishni bo‘g‘imlar 
shaklining ko‘zga tashlanadigan darajada buzilishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. 
Boylamlarning cho‘zilishi va uzilishi 
Suyak odatiy harakat amplitudasidan tashqari chiqqanda boylam cho‘ziladi. 
Bo‘g‘inga haddan tashqari og‘ir yuk tushishi boylamlarning to‘la uzilishiga hamda 
suyak chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda suyak sinishi ham mumkin. 
Boylamlar yengil cho‘zilganda, odatda, tez tuzalib ketadi. Jabrlanuvchi qisqa 
vaqt og‘riq sezib yurishi mumkin, biroq tezda bir oz og‘riq his qilgan holda yoki 
umuman og‘riq his qilmay jismoniy faollikni yangidan boshlab yuborishi mumkin. 
Chiqish
- suyakning bo‘gimdagi o‘z normal holatiga nisbatan siljishi. 
Shuning uchun kishilar bunday hodisalarga ko‘pincha e'tibor berishmaydi, natijada 
bo‘g‘im qayta shikastlanishi mumkin. Boylamlar cho‘zilishining og‘ir shaklida 
bo‘g‘im sal harakatga kelsa, qattiq og‘riq sezadi. To‘piq va tizza bo‘g‘imlari, 
barmoqlar va bilak boylamlari cho‘zilishi ko‘p uchraydi. 
Ba'zan boylamlarning cho‘zilishi sinishga qaraganda jiddiyroq funktsional 
oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Singandan keyin bitgan suyak kamdan-kam 
hollarda qayta sinadi. Bo‘g‘im esa, boylamlar cho‘zilganidan yoki uzilganidan 
keyin, ancha beqaror (o‘ynoqi) bo‘lib qolishi mumkin. Bu hol qayta shikastlanish 
ehtimolini oshiradi. 
7
 
Михаил Морозов. Основы первой медицинской помощи. Учебное пособие „СпецЛит“», 2013 


167 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin