180
-pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy kontraktlar bo‘yicha ishlarni
bajarayotgan shaxslarga;
-tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda
qatnashayotgan fuqarolarga;
-agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib
ishlayotgan chet el
fuqarolariga;
-qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan
o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga,
shujumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga;
-korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar o‘quvchilarga
ham tatbiq etiladi.
2. Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarilayotganda
(shuningdek, xizmat safarlarida) yuz bergan jarohatlanish,
zaharlanish, kuyish,
cho‘kish, elektr toki va yashinurishi, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta`siri,
portlash, falokat, imoratlar, inshootlar va konstruktsiyalar
buzilishi natijasida
hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hasharotlar tomonidan shikastlanishlar,
shuningdek, tabiiyofatlar (er qimirlashlar, o‘pirilishlar,
suv toshqini, to‘fon va
boshqalar) natijasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga
olinadi.
3. Tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga
qasddan
shikast etkazishi, shuningdek,
jabrlanuvchining
jinoyat sodir qilish
chog‘ida shikastlanishi holatlari (sud-tibbiy ekspertiza
xulosasi yoki tergov
organlarining ma`lumotlariga ko‘ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Dostları ilə paylaş: