222
«O‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo‘mitasi organlari (nazorat ostidagi obyektlarda)
nazorat qiladi.
Ish beruvchi H-1 shakldagi dalolatnomani tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi
yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs H-1 shakldagi dalolatnoma
mazmunidan norozi bo‘lsa, u kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki korxona
xodimlarining boshqa vakillik organiga murojaat qiladi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi
10 kun muddat ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini o‘rganib chiqadi,
mehnatni muhafaza qilish qoidalari va me`yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari
buzilishini aniqlaydi, zarur deb hisoblasa, ish beruvchidan H-1shaklidagi
dalolatnomani tuzishni yoki qayta tuzishni talab qiladi. Ish beruvchi bu talablarni
bajarmasa, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki boshqa vakillik organi davlat
mehnat texnika nazoratchisiga murojaat qiladi. H-1 shakldagi dalolatnoma
tuzilmaganligi yoki noto‘g‘ri tuzilganligi aniqlangan hollarda davlat mehnat texnika
nazoratchisi ish beruvchidan H-1 shakldagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan
tuzishni talab qilish huquqiga ega. Ish beruvchi davlat mehnat texnika nazoratchisi
xulosasini bajarishga majbur.
Ish
beruvchi
bilan
davlat
mehnat
texnika
nazoratchisi
o‘rtasidagi
anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika nazoratchisi hal qiladi.
Dostları ilə paylaş: