Mehnatni muhofaza qilinishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston kasaba
uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof muhitni
muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va me’yorlarini
ishlab chiqish va qabul qilish yo‘li bilan ishlab chiqarishda mehnat
xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan talablar darajasini
belgilaydi. Shuningdek, kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat
sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb
kasalliklarining oldini olishga oid Respublikaning aniq maqsadga qaratilgan
dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta’minlaydi hamda ularning bajarilishini
nazorat qiladi. Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari
bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq
dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy ta’minlaydilar.
Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor yohud ular vakolat bergan
boshqaruv idorasi korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va
me’yorlarining talablari, shuningdek, jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan
majburiyatlar
bajarilishini
ta’minlaydi.
Korxonalarning
ishlovchilari
respublikaning tegishli qonunlari va me’yoriy hujjatlari jamoa shartnomalari
bilan belgilangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari talablarga
rioya etishlari shart. Standartlar, ergonomika, mehnatni muhofaza qilishga doir
230
qoidalar va me’yorlar talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish binolari
va inshoatlarini loyih alash, qurish hamda qayta qurish, ishlab chiqarish
vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash, texnologiyalarni joriy
etishga, shu jumladan xorijda sotib olinganlarini joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hech bir yangi yoki qayta qurilayotgan korxona, ishlab chiqarish vositalari
agar ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda
beriladigan xavfsizlik shahodatnomasiga ega bo‘lmasa, foydalanishga qabul
qilinishi va ishga tushirilishi mumkin emas.
Belgilangan tartibga ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan korxonalar
O‘zbekiston
Respublikasining tegishli nazorat idoralari beradigan faoliyatni amalga oshirish
huquqini ta’minlovchi ruxsatnomani oldindan taqdim etishlari shart.
Korxonaning ko‘rsatilgan ruxsatnomani olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sog‘lig‘i
hamda hayotiga xavf tug‘diruvchi korxonalar faoliyati yoki ishlab chiqarish
vositalaridan foydalanish, ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq holga
keltirilgunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda
vakolatli idoralar tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi kerak. Yo‘l qo‘yiladigan eng
ko‘p me’yorlari (konsentratsiyasi) ishlab chiqilmagan va belgilangan tartibda
ekspertizadan o‘tmagan zararli moddalarni ishlab chiqarishda qo‘llash
taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat va korxonalar oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida korxonalarning mehnatni muhofaza qilish uchun mutaxassislar
tayyorlashni ta’minlaydilar.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligi turli tarmoqlaridagi ishlab
chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan xolda talabalar va o‘quvchilar mehnatni
muhofaza qilish kursini albatta o‘tishlarni tashkil etishlari kerak. Vazirliklar,
idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa xo‘jalik boshqaruvi idoralari
mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta
ixtisoslashuvini ta’minlaydilar. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash
davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qat’iy nazar jamoat
birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi va
mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli byudjetlardan alohida qayd bilan
ajratiladigan byudjet mablag‘lari (respublika va mahalliy) boshqaruv hamda
nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy ta’minlash,
mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan
dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi.
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag‘larni jamoa
shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana
shu maqsadlar uchun qandaydir qo‘shimcha chiqim qilmaydilar.
Korxonalar o‘zining xo‘jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa
faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa mablag‘ hisobiga
231
mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish
huquqiga ega [12].
Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni boshqa
maqsadlarga ishlatish taqiqlangan bo‘lib, fondlarni tashkil etish va ulardan
foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi.
Korxonalar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlar,
plakatlar, boshqa targ‘ibot vositalarini nashr etish hisobiga hosil bo‘lgan qismiga,
shuningdek, ilmiy-tadqiqot va loyiha konstruktorlik tashkilotlari foydasining
jamoani va ishlovchilarni
yakka tartibda himoyalash vositalarining yangilarini yaratish, ishlab chiqarish
muhitini nazorat qilish asboblari va dozimetriya vositalarining yangilarini
yaratish, ishlab chiqarish va mavjud vositalarini sotish hisobiga hosil bo‘lgan
qismiga imtiyozli soliq solinadi.
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish
standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash,
ishlab chiqarishning xavfli, zararli omillari ustidan nazorat o‘rnatilishini
tashkil etish va nazoratning natijalari to‘g‘risida mehnat jamoalarini o‘z
vaqtida xabardor qilish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi.
Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek, o‘ta
noxush haroratli yoki ifloslanishlar bilan bog‘liq sharoitlarda bajariladigan
ishlarda mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan
me’yorlarda maxsus kiyim, poyafzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish
va dezinfeksiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat
mahsulotlari, parxez ovqatlar bepul beriladi.
Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash
yuzasidan ma’muriyat bilan xodimlarning o‘zaro majburiyatlari jamoa
shartnomasi yoki bitmda ko‘zda tutiladi.
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xo‘jalik organlari
kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo‘mitasi bilan kelishib o‘zlari
tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib
boradilar.
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus
tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi
(lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan
korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi
(lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori
kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini
bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi. Mehnatni muhofaza qilish va
yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan
nizomlar asosida ishlaydi va o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy
xizmatlariga tenglashtiriladi
232
hamda uning rahbariga bo‘ysunadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining
mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va
me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo‘linmalari rahbarlariga
aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo‘lgan
ko‘rsatmalar berish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi
qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning
rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar. Mehnatni muhofaza
qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning
xizmat vazifalariga taaluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari
mumkin emas.
Ayrim bir vaqtda mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati havfsizligi
xizmatlari korxona faoliyati to‘xtatilgan taqdirdagina tugatiladi.
Dostları ilə paylaş: |