ishtirokchilarining hayot yo'lini jangovor ishlarini umumlashtirish, tiklash
bo'yicha keng ko'lam li, xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda ayniqsa
viloyat “Xotira va qadrlash uyi” ilmiy xodimlari O'zbekiston Respublikasi
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi bilan hamkorlikda olib
borayotgan ishlari diqqatga sazovordir. Vatan tarixi, xotirasi aynan muzeylarda aks
etadi. Respublikamizda faoliyat olib borayotgan 80 dan ortiq davlat muzeylari turli
toifalarda va turli yo'nalishlarda bo'lib, bugungi kunda xalqimiz va turli
mamlakatlardan tashrif buyurgan ziyoratchilarning ham ma'naviy, ham ma'rifiy
jihatdan ongini, ruhiyatini boyitishda muhim amaliyot kasb etmoqda[11].
2008 yil “Muzeylar to 'g ’risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu esa muzey xodimlari
faoliyatini yanada jonlantirish bilan birga mas'uliyatini ham oshirdi. Muzey
xodimlari faoliyati, muzeylarga oid bukletlar, kitoblar, suratlar ko'rgazmasi tashkil
etib borilmoqda. Umuman axolini, o'quvchi yoshlarni tarbiyalashda muzeylarning
roli beqiyosdir. Chunki barcha eksponatlarda tarixiy jarayon, ajdodlar nafasi bor.
Ular qoldirgan ma'naviyat, boy merosni avaylab-asrash, avlodlarga etkazish esa
muqaddas burchimizdir. Ushbu bitiruv m a'naviy ish mavzusining tahlili, shunday
xulosalarga kelishimizni va shu yuzasidan quyidagi taklif va istaklarni keltirib
chiqardi:
- Mustabid- sovet davrida muzeylarining ijobiy jihatlaridan tashqari salbiy
tomonlari ham kuzatildi. Muzeylarning rivojidagi etakchi o'rin mutaxasislar emas,
kompartiya va uning rahbarlari egalladi. Muzeylarning asosiy yo'nalishlari xalqni
kommunistik ruhda tarbiyalashdan iborat bo'ldi. M a'm uriy yodgorliklar (masjid va
madrasalar) ombor, yotoqxonalar va boshqa narsalarga aylantirildi va hakazo.
- O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, muzey ishiga davlat
siyosati darajasida e'tibor qaratildi.
- Muzeylarni ixtisoslik bo'yicha malakali kadrlar bilan ta'm inlash zarur;
Dostları ilə paylaş: