21
talablarga mos kelishi kerak. Egilishni normallashgan
burchagi uning
konstruksiyasiga, uning aniqlik sinqiga, qo‘llanilish sharoitiga bog‘liq. Osilgan,
xarakatlanuvchiqismli asboblarni 1
0
burchakka egiladi. Oddiy qilib yig‘ilgan
asboblarning egilish burchagi 5 yoki 10
0
.
Mexanik ta’sirlarga chidamli asboblar uchun egilish burchagi aniqlik sinfiga va
bajarilishiga bog‘liqdir: 0,5 – 1,0 aniqlik sinfidagi asboblar uchun – 20
0
; shitlilar
– 30
0
; 1,5 – 4,0 aniqlik sinfidagi asboblar uchun – 30
0
, shitlilar – 45
0
.
Laboratoriyada mos keluvchi egilish burchagini xosil qilish uchun 1, 5, 10, 20,
30 va 45
0
burchakli shablonlarga ega bo‘lishi kerak.
Egilish ta’sirini ishga tushgan shuningdek ishga tushmagan asbobda aniqlash
mumkin. Mantiqiy o‘lchov mexanizmli asboblarni egilishga bo‘lgan ta’sirini
yoniq priborlarda amalga oshirish tavsiya qilinadi.
Egilishni ta’siri quyidagicha aniqlanadi. Asbob strelkasini shkalaning geometrik
markazining A o‘rnatiladi va xar to‘rt tomonnga engashtirib A
1
nuqtani belgilab
olishadi.
Xar bir xolat uchun keltirilgan γ xatolik aniqlanadi:
γ=A
1
– A/A
n
•100,
bu erda: A
n
– asbob shkalasining normal qiymati. Olingan xar bir natija qiymati
γ ruxsat etilgan asosiy xatolik qiymatidan oshmasligi kerak.
Mexanik aks ta’sir momentli asboblarda egilish ta’sirini aniqlash faqatgina ishga
tushgan asbobdagi mexanik nul belgisida amalga oshiriladi.
Elektr mustaxkamlikni tekshirish va izolyasiya qarshiligini aniqlash. O‘lchov
vositalarining tok o‘tkazuvchi qismlari izolyasiyasining elektr mustaxkamligini
sinash ishlab chiqarishdan chiqganda va remontdan so‘ng amalga oshiriladi.
O‘lchov vositasining barcha izolyasiyalangan elektr zanjirlari orasidagi
izolyasiya va korpuslari chastotasi 50 Gs sinusoidal o‘zgaruvchan kuchlanishni
1 minut davomida chidab turishi kerak. Ushbu kuchlanishning qiymatlari
o‘lchov vositasining nominal kuchlanishiga binoan xarorat va atrof muxit
namligiga binoan normallashtiriladi. Aloxida xollarda izolyasiyalar sinovi
doimiy tok va yuqori namlikda amalga oshiriladi.
Izolyasiya’ni sinash uchun kuchlanishni noldan sinov kuchlanishining maksimal
qiymatigacha oxista o‘zgartiradigan maxsus qurilmalar qo‘llaniladi. Bunday
qurilma asosan ikkilamchi o‘rami zanjiriga sinalayotgan o‘lchov
vositasi
ulangan ko‘paytirib beruvchi transformatordan tashkil topgan, birlamchi o‘ram
esa avtotransformator yordamida boshqarilishi mumkin. Qurilma quvvati 3
kVgacha quchlanishda sinalganda 0,25kV•A va 3kVdan yuqori sinov
kuchlanishida 0,5 kV•Agacha bo‘lishi mumkin.
Sinov kuchlanishi sinalayotgan o‘lchov vositasining konstruksiyasiga bog‘liq
xolda turlicha beriladi. YUqori kuchlanish manbasining erlashtirilgan elektrodi
sinalayotgan o‘lchov vositasining korpusi bilan yoki korpus izolyasiya
materialadan tayyorlangan bo‘lsa metl ekran bilan ulanadi. Oxirgi xolatda ekran
korpusining butun yuzasini qoplashi kerak.yuqori voltli elektrodini ulanishi
o‘lchov vositasi konstruksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar maxsus ko‘rsatmalar
yo‘q bo‘lsa, o‘lchov vositasining barcha zanjirlari o‘zaro ulanadi va ularga
22
yuqori voltli elektrod ulanadi. Ayrim xollarda aloxida elektr zanjirlarning
izolyasiyasini
tekshirish
talab
qilinadi:
misol
uchun
Vattmetrlar
qiyoslanayotganda ketma – ket va parallel
zanjirlar orasidagi elektr
mustaxkamlik tekshiriladi (agar ular o‘zaro doimiy qilib ulanmagan bo‘lsa).
Elektron qurilmalar qiyoslanayotganda ta’minot manbasi va o‘lchov zanjiri
tomonidan izolyasiyalar tekshiriladi. Bu xolatda yuqori voltli elektrod dast avval
bitta zanjirga biriktirilgan zajimlarga ulanadi.
Sinov qurilmasi texnika xavfsizligi bo‘yicha barcha choralar qo‘rilgandan so‘ng
ulanishi kerak. Sinov kuchlanishi oxistalik bilan (5 – 20 sekund davomida)
noldan sinov kuchlanishigacha oshiriladi va bu xolatda bir minut ushlanib
turiladi, keyin xuddi o‘sha tezlik bilan kamaytiriladi. Izolyasiya’ni
qanoatlantirmaydigan xolatining belgisi bo‘lib ko‘paytiruvchi transformatorning
past voltli o‘ramida tok kuchining ortishi yoki uning zajimlarida kuchlanishning
tushib ketishi xizmat qiladi. Sinalayotgan qurilma ko‘rsatkichini xar qaysi
tomonga xar qanday burchak ostiga egilishi, uning qaltirashi yoki shovqinini
paydo bo‘lishi izolyasiya talabalarini qanoatlantira olmadi degani emas.
Izolyasiya qarshiligini o‘lchash doimiy tokda amalaga oshiriladi. Qarshilik tok
o‘tkazuvchi zanjir zajimlari va korpus yoki o‘lchov vositasi ekrani orasida
o‘lchanadi.
Qarshilik megaommetr, teraommetr yoki ampermetr va voltmetr
usuli bilan o‘lchanishi mumkin. Barcha xolatlarda o‘lchov vositasiga
qo‘yilayotgan kuchlanish izolyasiya mustaxkamligini sinov kuchlanishidan
oshmasligi va nominaldan kamaymasligi kerak. Megaommetr bo‘yicha
ko‘rsatkichlarni olish faqatgina sinov ob’ektiga qo‘yilgan kuchlanish bir minut
o‘tgandan so‘ng boshlanishi kerak.
Asbobni xarakatlanuvchan qismini sokinlanish vaqtini aniqlash. Asbobni
xarakatlanuvchan qismini sokinlanish vaqti sifatida o‘lchanayotgan kattalik
o‘zgarishi momentidan shkala uzunligidan 1% ortib ketguncha bo‘lgan vaqt
tushuniladi.
Sokinlanish vaqtini aniqlash asbobni ishlab chiqarishdan yoki remontdan
chiqgandan so‘ng
aniqlanadi, chunki sokinlashtirgichni to‘g‘ri yig‘ilganligini
tekshirib ko‘rish imkoni bo‘ladi. Sokinlanish
vaqtini aniqlashda asbob
xarakatlanish qismini dastlabki va oxirgi xolatini to‘g‘ri tanlash kerak, ya’ni
ko‘rsatkich o‘lchashlargacha bo‘lgan xolatini va uni o‘lchashlardan so‘ng.
Berilgan xolatlarni tanlash qarama qarshi momenti va shkala ko‘rinishiga
bog‘liq.
Mexanik yoki magnit qarama qarshi momentli asboblar uchun sokinlanish vaqti
quyidagicha aniqlanadi:
– o‘lchanayotgan kattalikni ishga tushirishda, shkalaning geometrik markaziga
ko‘rsatkichni qaytishi sababli kelib chiqgan, – bir tomonlama shkalada;
– shkalani soniy qiymatiga to‘g‘ri keluvchi o‘lchanayotgan kattalikni ishga
tushirganda, – ikki tomonlama simmetrik shkalada;
– asbob ko‘rsatkichini shkala uzunligini yarmiga siljishiga olib keluvchi
o‘lchanayotgan kattalikni ishga tushirayotganda, – ikki tomonlama
nosimmetrik shkaladi;
23
Logametrik
o‘lchov mexanizmli asboblar uchun sokinlanish vaqti
o‘lchanayotgan kattalikni o‘zgarishida aniqlanadi, u ko‘rsatkichni dastlabki
xolatidan taxminan geometrik markazga siljiydi.
Asbob o‘lchov zanjirining ta’minot manbasiga ulanadi yoki o‘lchov namunasiga
ulanadi va asbobning konstruksiyasi va shkala ko‘rinishiga binoan asbob
ko‘rsatkichi shkalaning mos belgisiga o‘rnatiladi. So‘ng, signal qiymatini
o‘zgartirmasdan asbob o‘chiriladi va tebranishlar sokinlangandan keyin yana
ishga tushiriladi.
Sokinlanish xarakteri davriy yoki tebranuvchan bo‘lishi mumkin. Birinchi
xolatda asbob ko‘rsatkichi oxistalik bilan, tebranishlarsiz o‘zini o‘rnagan
qiymatiga keladi. Ikkinchi xolatda esa asbob ko‘rsatkichi to‘xtashdan oldin
shkala belgisining atrofida bir nechta tebranishlarni amalga oshiradi.
Sokinlanish vaqti sekundomer yordamida o‘lchanadi. O‘lchashlar
kamida uch
marta amalga oshiriladi. Olingan o‘lchov natijalarining o‘rta arifmetik qiymati
ushbu asbobning xarakatlanuvchi qismini sokinlanish vaqti bo‘ladi.
Termoelektrik va elektrostatik tizimlar uchun va strelka uzunligi 150 mmdan
yuqori bo‘lgan asboblar uchun sokinlanish vaqti 6 s, qolganlar uchun – 4 s
bo‘lishi kerak.
3§.
Dostları ilə paylaş: