MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA SAHNALASHTIRISH
FAOLIYATINI TASHKIL QILISH SHAKLLARI
Abduqodirova Nazira Xoliknazarovna, Jizzax davlat pedagogika instituti,
Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi katta o’qituvchisi
Annotasiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil
etiladigan sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish masalalari yoritilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish faoliyati bolalar tafakkurini
rivojlantiruvchi
muhim omillardan biri sanaladi.
Kalit so’zlar:
sahnalashtirish faoliyati, tafakkur,teatr madaniyati, bolajonlar
teatri.
Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-
tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy
vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish
ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda
ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini
mustakil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va
ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. Asosiy maqsadlardan yana biri
sahnalashtirish san’ati orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab,
ularni to‘g‘ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida
sahnalashtirish
faoliyati
vositasida
bolalarning
estetik
qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o‘rni beqiyos. U chuqur bilim va
yuqori malakaga ega bo‘lishi, buning uchun muntazzam ravishda o‘z ustida
ishlashi, o‘zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko‘tarishi, ilg‘or tajribalarga
tayanishi kerak.Davlat umumilliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni
ham shaklan, ham mazmunan zamon talablariga moslashtirish, ta’lim sifat-
samaradorligini uzluksiz takomillashtirib borishga yo‘naltirildi. Maktabgacha
ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari
uchun zarur bo‘lgan vazifalar hal etiladi. Shuningdek bu jarayonlarda bolalar
jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga
o‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarining sahnalashtirish faoliyati
maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi.
Hozirgi kunda ma’lumki, teatrning bir necha turlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Bulardan: komediya teatri, drama, xalq teatri, musiqali drama va komediya,opera ,
balet va qo’g’irchoq teatrlari shular jumlasidandir. Teatr bu yunoncha (tiyation)
so’zidan olingan bo’lib- tomoshaxona degan ma’noni bildiradi. Jajji
kichkintoylarimizning sevimli tomoshasi bu - qo’g’irchoq teatridir. Bu teatr orqali
bolalar o’zlariga yaqin va tanish bo’lgan o’yinchoqlarni, ayiqcha quyoncha,
kuchukcha va boshqa qahramonlarni jonliligi, harakat qilish va gapirish bolalarni
o’ziga rom etish. Bu teatr bolalarga katta hursandchilik va quvonch bahsh etish. Bu
nafaqat ko’ngil ochish uchun, balki tarbiyaviy ma’nosiga ham qarash kerak.
Bolalar bog’chasida katta va qiyin spektakllarni qo’yish mumkin emas. Kichik
sahnali, kichik ertak asosida o’zlarining o’yinchoqlari yordamida qo’yishlari,