B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


muammolarni shakllantirish, muammolarni hal etish, ijro



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126
indikativ rejalashtirish

muammolarni shakllantirish, muammolarni hal etish, ijro, 
nazorat va qarorning bajarilishini ta’minlash
bosqichlarini qamrab 
oladi. Agar ushbu bosqichlarni tabaqalashtiradigan bo’lsak, unga 
quyidagilar kiradigan qismlarga ega bo’lamiz:

maqsadlarni ishlab chiqish;

muammolarni qo’yish; 

muqobil variantlarni topish; 

prognozlashtirish; 

qarorlarni baholash va qabul qilish

ijro; 

reja ko’rsatkichlarini aniqlash; 

amaldagi ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish; 

amaldagi va reja ko’rsatkichlarini taqqoslash (rejaning faktdan 
farq qilishini aniqlash); 

farqlarni tahlil qilish, tuzatishlar kiritish choralarini ko’rish.
Maqsadlarni ishlab chiqish, muammolarni qo’yish, muqobil 
variantlarni topish, prognozlashtirish, qarorlarni baholash va qabul qilish 
bosqichlari rejalashtirish jarayoniga kiradi. Reja topshirig’i tanlanganidan 
keyin amalga oshiriladigan tadbirlar, ya’ni ijro, reja ko’rsatkichlarini 
aniqlash, amaldagi ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish, amaldagi va reja 
ko’rsatkichlarini taqqoslash, farqlarni tahlil qilish, tuzatishlar kiritish 
choralarini ko’rish “ijroni boshqarish” yoki “tor ma’nodagi boshqaruv” 
nomi bilan umumlashtirilgan. Ijroni boshqarish, shu tariqa, rejalashtirish 
va yakuniy nazorat, umumiy nazorat o’rtasidagi ijroni, shuningdek 
qarorning ijrosini ta’minlashni qamrab oladi. Nazorat, shu tariqa, ijroni 
boshqarish davrlaridan birini hosil qiladi.
Agar dastlabki davr boshida nafaqat ushbu davrning muqobil 
variantlari bo’yicha, balki qarorlar daraxti muqobil variantlarining butun 
zanjiri bo’yicha majburiy qaror qabul qilinsa, u holda gap qat’iy 
rejalashtirish haqida boradi.
Agar korxonani umumiy rejalashtirish kelgusi rivojlanish haqidagi 
to’liq axborot mavjud bo’lgan holatda amalga oshirilsa, bunday yondashuv 
maqbul bo’ladi. Chunki axborot to’g’risidagi bunday taxmin haqiqatdan 


69 
juda yiroq bo’lganligi bois, amaliyotda qat’iy rejalashtirishning zaif 
nuqtasi mavjudligi, xususan, kutilayotgan vaziyatlar paydo bo’lmaganda 
barcha keyingi qarorlar qabul qilingan va boshqa mos qarorlarni qabul 
qilib bo’lmaydigan holat aniqlanadi. Alohida rejalar qat’iy rejalashtirishda 
optimallashtirish modellaridan birining yordamida yoki tajriba asosida 
aniqlanadi. Qat’iy rejalashtirishning ikkala holatida ham amalda 
rejalashtirilayotgan muammoning optimal tarzda hal etilishiga erishishni 
kutish 
amri 
mahol. 
Rejalashtirishning 
ushbu 
usuli 
predmetli 
muvofiqlashtirishni va alohida rejalar va butun tizimning amalga 
oshirilajakligini ta’minlaydi.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin