129
Hukumatning mintaqaviy rivojlanishga ta’sir ko’rsatuvchi tadbirlari
asosiy
qismi umumiy makroiqtisodiy, tashqi iqtisodiy, ijtimoiy siyosat,
institustional o’zgarishlar doirasida amalga oshiriladi. Ularni ishlab
chiqish va amalga oshirishda integrastiya samarasi
va hududlarni yalpi
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlariga mos kelishi hisobga olinadi.
Davlatning ulushli ishtirokidagi investistiya loyihalarining tanlovini
o’tkazishda ularning muayyan mintaqalardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga
ta’sirini hisobga olish zarur.
Davlatning mintaqaviy iqtisodiy siyosatini muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy normalar tizimini barpo
etish, mintaqaviy rivojlanishni davlat yo’li
bilan tartibga solish
mexanizmlarini takomillashtirish lozim.
Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda barcha mamlakatlar o’ziga
xos
muammolarga
duch
kelishadi.
Birinchidan,
mintaqaviy
imkoniyatlarni tenglashtirish siyosati hech qachon iqtisodiy va ijtimoiy
sharoitlarning to’liq mos kelishiga olib kelmaydi. Davlat mutlaq emas,
balki nisbiy tenglikni ta’minlashga urinadi. Ikkinchidan, mintaqaviy
siyosat tarkibiy siyosat bilan murakkab o’zaro bog’liqlikka ega. Ular bir-
birini to’ldirishi ham, bir-biriga zid bo’lishi ham mumkin. Agar ko’p
tarmoqli ishlab chiqarishga ega bo’lgan har tomonlama rivojlangan
mintaqalarni oladigan bo’lsak, iqtisodiyot tarkibini yaxshilash uning
rivojlanishiga yordam beradi. Lekin ayrim hududlar tarixan yuzaga
kelgan kam ishlab chiqarish sohasiga ega.
Fan-texnika taraqqiyoti va
sanoatning ikkita shartli guruhga (ilg’or va qaloq tarmoqlarga) ajralishi
sharoitida hukumatning ilg’or tarmoqlarni qo’llab-quvvatlash chora-
tadbirlari shunga olib keladiki, ko’plab yangi tarmoqlarga ega bo’lgan
mintaqalarda rivojlanish uchun umumiy turtki kuchayadi.
Asosan
qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan eski tarmoqlarga ega bo’lgan
mintaqalarda esa umumiy pasayish, bandlikning qisqarishi, ijtimoiy
muammolarning keskinlashuvi kuzatiladi.
Shuning uchun mintaqaviy siyosat
oqilona va ilmiy jihatdan
asoslangan bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: