Metodikasining didaktik tamoyillari


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities



Yüklə 122,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü122,46 Kb.
#180486
1   2   3
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Hamburg, Germany 
https

econferencezone.org 
 
March 15
th
 -16
th
 2022 
102 
materialni o'zlashtirishga tayyorlash; og'zaki hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi materialni o'rganish 
(darsning asosiy bo'lim i); bolalarning oldin o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash; 
o'rganilgan bilimlarni hisoblash; mashq, bilim va malakalarni qo'llash (darsning asosiy bo'limi); o'quvchilarni 
mustaqil ishlatish va uni tekshirish; oldin o'zlashtirilgan materiallarni takrorlash; uyga vazifa berish; darsni 
xulosalash.Darsning asosiy qismlarini turli xilda va turli metodlar bilan birga qo'shib olib borish 
mumkin.O‘qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilarni e’tiborga olishi kerak. Dars qanday qismlardan iborat 
bo‘lishi, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular o ‘rtasida o‘quv materialini qanday taqsimlash, bu 
qismlar bir-biriga qanday bog'lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli 
miqdorda yordam berishini hisobga olishi kerak.Boshlang'ich sinfda matematika darsining har bir qismi 
umumiy didaktik masalalarni bajarishga qaratilmog‘i kerak. Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga 
qarab o‘zaro bog'langan bo‘lishi kerak. Alohida dars turlarining tarkibini qarab chiqamiz.Masalan: 
o'quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qilish darslari.Darsning 
borishi. Darsni maqsadga muvofiq shunday boshlash kerakki, barcha o'quvchilarni, o'quv vazifalarini faol 
bajarishga darhol tortadigan bo'lsin. Shu maqsadda uncha katta bo'lmagan mustaqil ishlarni kartochkalarga 
yozib borish kerak, bu esa o'quvchilardan masala shartini yozmasdan hisoblash natijalarinigina yozishni talab 
qiladi. Bunday mustaqil ishlar o'quvchilarni yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlaydi.Darsning birinchi 
qismida agar uy vazifasi mazmun jihatdan yangi materialga bog'liq bo'lsa, uni tekshirish ham mumkin. Agar 
uy vazifasi yangi mavzuga bog'liq bo'lmasa, yangi mavzuni o'tishda o'quvchilar uni qo'llamasa, u holda yangi 
bilimlarni bayon qilish darsida uy vazifasini tekshirish shart emas. Shunday qilib darsning birinchi qismi 
o'quvchilarning faolligini va diqqatini yo'naltirishga qaratilmog'i lozim, bu bosqichga uncha ko'p vaqt sarf 
qilmaslik kerak.O'quvchilar diqqatini yo'naltirish usullaridan yana biri darsning mavzusi va maqsadini aniq 
tushunarli e ’lon qilishdir. Bunda albatta o'quvchilarning qiziqishini orttirish va muammoli vaziyat yaratish 
zarur. Masalan: o'quvchilar faqat hisoblashning og'zaki usuli bilan tanish bo'lsalar, ularga ikkita uch xonali 
sonlarni qo'shish tavsiya qilinsa, bunday holatda o'quvchilar o'zlarining ortiqcha bilim va malakalarini 
qo'llaydilar. O 'quvchilar m a’lum qiyinchiliklardan o'tadilar. Shunday qilib, oldindan o'rganilgan hisoblash 
jarayonlari bilan bu misolni bajarish qiyin emasligiga ishonch hosil qiladi. Yangi og'zaki usulni o'zlashtirish 
kerak. Dars ana shu usulga bag'ishlangan bo'ladi.Ikkinchi holda darsda O‘quvchilar bilan qisqacha suhbat 
bilan olib borilishi mumkin. Bunday darsdan bir xonali sonlarni ko'paytirishni tushuntirishda foydalanish 
mumkin.Yangi o ‘quv materialini o ‘zlashtirishga o'quvchilarning faol tayyorlash maqsadida oldin 
o'zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash xarakteridagi materiallar ko'pincha og'zaki hisoblash orqali 
bajariladi. Shuningdek, yangi materialni o ‘zlashtirishga qaratilgan misol va masalalarni mustaqil yechish ham 
mumkin.Darsning ikkinchi qismida yangi matematik tushuncha beriladi yoki arifmetik misollarning yangi turi 
yechiladi. Bu o ‘quvchilarning bayoni yoki suhbati orqali olib boriladi. Ba’zan o'quvchiga buni mustaqil tanlab 
olish ham tavsiya qiladi. Masalan, oldin o'tilgan mavzuga bog'liq holda masala yoki misol yechish maqsad 
qilib olingan bo'lsa, u holda o'quvchilar bu misollarni mustahkamlash, mustaqil yechish orqali o'zlarining 
bilim va malakalarini oshirishlari mumkin.Yangi materialni mustahkamlash. Bu bosqichda o'quvchilarga 
keltirib chiqarilgan, xulosa, muhokamalarni esga olish, undan keyin mustahkamlash xarakteridagi vazifa 
berilishi kerak. Bu vazifani bajarish yordamida o‘tilgan yangi bilim mustahkamlanadi va birinchi bor 
amaliyotga tatbiq qilinadi. Birinchi vazifalar odatda jamoa bo‘lib bajariladi. Ba’zan esa misol-masalalar 
mustaqil bajarilgandan keyin, o'quvchilardan birortasi doskaga chiqib shu qoidaning to‘g‘riligini misol, 
masala yechish orqali ko'rsatib beradi.O'quv materialining murakkabligiga qarab har qaysi bosqichda rasional 
bo‘lgan yo‘l topiladi. 
3. Boshlang'ich sinflarda matematika darsiga tayyorlanish.Matematika darsiga tayyorlanishda birinchi 
navbatda o ‘quvchilarga yangi dars materiali yuzasidan qanday m e’yorda tayyorlanganligini, buning uchun 
nimani takrorlash zarurligini aniqlash kerak.O‘qituvchi matematika dasturini, ishchi rejasini, darslik va o'quv 
qo‘llanmalarini, metodik adabiyotlarni va ko‘rsatmali qurollarni hozirlagandan keyin navbatdagi darsga 
tayyorgarlikni boshlaydi. Eng avvalo navbatdagi dars matematika dasturida qaysi o‘rinda, qaysi mavzular 
bilan bog'liq holda, tushunchani nimalarga bog'lab tushuntirish kerakligini aniqlaydi. Bu savollarning 
hammasi bayon qilinganidan keyin darsning asosiy didaktik maqsadini xususiyatini qat’iy o'm atish kerakligi 
kelib chiqadi. Bu esa darsning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Darsning didaktik maqsadida uning 
mazmunidan darsning bir tizimga kiladi, ya’ni darsning alohida bo‘limlarining birlashishi, ularning organik 



Yüklə 122,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin